Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan fuqarolar qabulida ko'tarilgan masala yuzasidan o'rganish o'tkazdi
Gallery image 197478
Gallery image 197479
Gallery image 197480
Gallery image 197481
Gallery image 197482
Gallery image 197483
Gallery image 197484
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
24 Iyul 2026
20:32

Deputat tomonidan fuqarolar qabulida ko'tarilgan masala yuzasidan o'rganish o'tkazdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 4-"Oq oltin" saylov okrugi deputati F.Mamajonov tomonidan “Aziz tepa” mahalla fuqarolar yig‘inida belgilangan reja-jadval asosida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida xususan, fuqaro K.Jo‘rayev tomonidan “Aziz tepa” ko‘chasidagi kanalizatsiya tizimini yangilash masalasi yuzasidan murojaat bildirildi. Ta’kidlanishicha, mavjud kanalizatsiya tarmog‘ini rekonstruksiya qilish hudud aholisi uchun muhim ahamiyat kasb etadi hamda kommunal infratuzilmani yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Murojaat yuzasidan mazkur loyihani xalqaro hamkorlik doirasidagi Germaniya grant loyihasi asosida amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish va uni tegishli dasturga kiritish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda bosh mutaxassisi A.Adhamovlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi