Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Gallery image 197473
Gallery image 197474
Gallery image 197475
Gallery image 197476
Gallery image 197477
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
24 Iyul 2026
20:31

Deputat tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 4-"Oq oltin" saylov okrugi deputati F.Mamajonov tomonidan “Aziz tepa” mahalla fuqarolar yig‘inida belgilangan reja-jadval asosida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida mahalla aholisining murojaatlari, ularni qiynayotgan dolzarb masalalar hamda hudud infratuzilmasini yanada takomillashtirishga oid takliflar atroflicha tinglandi. Har bir murojaat yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli tushuntirishlar berilib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, fuqaro K.Jo‘rayev tomonidan Istiqlol ko‘chasi va 36-maktabga kirish qismi chorrahasidagi svetoforga videokuzatuv kamerasini o‘rnatish masalasi yuzasidan murojaat bildirildi. Ta’kidlanishicha, mazkur hududda transport vositalari va piyodalar harakati serqatnov bo‘lib, yo‘l harakati xavfsizligini yanada kuchaytirish maqsadida zamonaviy kuzatuv tizimini o‘rnatish zarur.

Mazkur murojaat deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, ushbu masalani Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 2026-yil 6 oylik faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti muhokamasi jarayonida taklif sifatida ilgari surish yuzasidan kelishib olindi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda bosh mutaxassisi A.Adhamovlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi