Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Gallery image 197460
Gallery image 197461
Gallery image 197462
Gallery image 197463
Gallery image 197464
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
24 Iyul 2026
20:27

Deputat tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 4-"Oq oltin" saylov okrugi deputati F.Mamajonov tomonidan “Aziz tepa” mahalla fuqarolar yig‘inida belgilangan reja-jadval asosida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida Nurafshon ko‘chasi 5/3-uyda yashovchi fuqaro Z.Ismoilova tomonidan nogironligi bo‘lgan farzandini bepul davolanish uchun yo‘llanma bilan ta’minlash masalasida murojaat bildirildi. Murojaat davomida bolaning sog‘lig‘ini tiklash, zarur tibbiy xizmatlardan foydalanishini ta’minlash hamda amaldagi tartib asosida bepul davolanishga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, fuqaroni bepul davolanish uchun yo‘llanma bilan ta’minlash masalasini belgilangan tartibda mas’ul sog‘liqni saqlash tashkilotlari bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish hamda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan zarur choralar ko‘rishga kelishib olindi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda bosh mutaxassisi A.Adhamovlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi