Barcha yangiliklar
O‘rganish
Gallery image 197371
Gallery image 197372
Gallery image 197373
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
24 Iyul 2026
18:56

O‘rganish

#Oʻrganish

✅Xalq deputatlari tuman Kengashining 9-saylov okrugidan saylangan deputat  Aleksandr Shapovalov tomonidan tumanning "Bog‘zor" mahallasida ijtimoiy ehtiyojmand toifalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi o‘rganildi.

✅Shuningdek, kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamni tayinlash va to‘lash jarayonlari joyiga chiqib nazorat qilindi.

✅O‘rganish davomida  mavjud holat muhokama qilinib, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, ularning o‘z vaqtida hal etilishi yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

✅Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta'minlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda davlat tomonidan ajratilayotgan ijtimoiy yordamlarning adolatli va manzilli yetkazilishini nazorat qilish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.