Barcha yangiliklar
Pandigon MFYda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Gallery image 197359
BOBOYEV SODIRJON SAYYODJON O‘G‘LI
24 Iyul 2026
18:02

Pandigon MFYda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Sobirov tomonidan Pandigon mahalla fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.
🔹 O‘rganish davomida mahalla hududining sanitariya holati, ko‘chalarni obodonlashtirish, infratuzilma obyektlarining holati hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🤝 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.