Barcha yangiliklar
KENGASH QARORI IJROSI AMALDA
Gallery image 197180
Gallery image 197181
Gallery image 197182
Gallery image 197183
Gallery image 197184
Gallery image 197185
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
24 Iyul 2026
16:20

KENGASH QARORI IJROSI AMALDA

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mavlonov Azam Qarshiyevich faoliyat yuritayotgan hududda Kengash qarorlari ijrosi izchil ta'minlanmoqda hamda belgilangan tartibda doimiy nazorat ostida olib borilmoqda.

Jumladan, Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 7-iyuldagi III-22-60-14-204-K/26-sonli "Chilonzor tumani hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, Xirmontepa MFY hududida joylashgan 19-mavze, 40-uy, 7-xonadonda istiqomat qiluvchi Arshinova Reneta Vyacheslavovna uchun 30 900 000 (o‘ttiz million to‘qqiz yuz ming) so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan.

Ayni paytda mazkur mablag‘lar hisobidan ushbu xonadonda ta'mirlash ishlari belgilangan reja asosida amalga oshirilmoqda. Kengash qarori ijrosi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda ta'mirlash ishlarining sifati va o‘z vaqtida yakunlanishi yuzasidan deputatlik nazorati olib borilmoqda.