Barcha yangiliklar
Hokim va Kengash hamkorlikda
Gallery image 197173
Gallery image 197174
Gallery image 197175
Gallery image 197176
Gallery image 197177
Gallery image 197178
Gallery image 197179
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
24 Iyul 2026
16:19

Hokim va Kengash hamkorlikda

Xalq deputatlari tuman Kengashi 12-Bo‘ston saylov okrugi hududi yanada obod va fayzli qiyofasini yaratish maqsadida keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Tuman hokimi Otabek Mavlyanov, tuman Kengashi raisi Akrom Turdiyev va 12-Bo‘ston saylov okrugi deputati M.Xujanovlar tomonidan olib borilayotgan ishlar joyiga chiqib ko‘zdan kechirilib, ularning sifati va borishi nazorat qilindi.

Mahallada ko‘chalar tartibga keltirilmoqda, yo‘l yoqalari obodonlashtirilmoqda, daraxtlar oqlanib, yashil hududlar parvarish qilinmoqda, sanitariya-tozalash ishlari va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, mas'ullarga obodonlashtirish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash, mahalla hududini yanada ko‘rkam va aholi uchun qulay maskanga aylantirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram