Barcha yangiliklar







UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
20 Iyul 2026
00:00
📍 "Qo‘qoni" mahallasida saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat G.Risqulova tomonidan 2026-yil II chorak yakunlari yuzasidan "Qo‘qoni" mahallasi aholisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi.
Shuningdek, Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining navbatdagi 30-sessiyasida ko‘rib chiqiladigan tuman Ichki ishlar bo‘limi, Soliq inspeksiyasi hamda Iqtisodiyot va moliya bo‘limi rahbarlarining hisobotlari yuzasidan saylovchilar fikri va ularni qiynayotgan masalalar o‘rganildi.