Barcha yangiliklar
🩺 Aholi salomatligi – doimiy e'tiborda!
Gallery image 197029
Gallery image 197030
Gallery image 197031
Gallery image 197032
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
20 Iyul 2026
00:00

🩺 Aholi salomatligi – doimiy e'tiborda!

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga O‘zbekiston MTDPdan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Q.Bobojonov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi N.Azimova Bekobod tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish davomida fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmatlarning sifati, bemorlar murojaatlariga munosabat hamda poliklinika faoliyatining samaradorligi yuzasidan fikr almashildi.

Aholiga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta'minlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish borasidagi ishlar doimiy deputatlik nazoratida bo‘lib qoladi.