Barcha yangiliklar
Achamayli mahallasida deputatning aholi bilan uchrashuvi o‘tkazildi
Gallery image 196989
Gallery image 196990
Gallery image 196991
Gallery image 196992
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
17 Iyul 2026
00:00

Achamayli mahallasida deputatning aholi bilan uchrashuvi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat I.Egamberdiyev tomonidan 2026-yilning II choragi yakunlari yuzasidan Achamayli mahallasi aholisi bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda tuman elektr, gaz, kadastr, yo‘l va suv ta’minoti tashkilotlari vakillari ishtirok etib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar tinglandi. Murojaatlar yuzasidan tegishli mutaxassislar tomonidan huquqiy va amaliy tushuntirishlar berilib, yechimi vaqt talab etadigan masalalar nazoratga olindi.

Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, hududdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha samarali choralarni belgilashga xizmat qilmoqda.