Barcha yangiliklar
Abdulla Avloniy tavalludining 148 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir
Gallery image 196947
Gallery image 196948
Gallery image 196949
Gallery image 196950
Gallery image 196951
Gallery image 196952
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
24 Iyul 2026
15:10

Abdulla Avloniy tavalludining 148 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Xojiakbar Xolmatov tashabbusi bilan Andijon garnizoniga qarashli harbiy qismda atoqli ma'rifatparvar, jadid adabiyoti namoyandasi Abdulla Avloniy tavalludining 148 yilligiga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda buyuk mutafakkirning hayoti va ijodi, Vatanga sadoqat, ma'rifat va komil inson tarbiyasi haqidagi g‘oyalari haqida so‘z yuritildi.

Mazkur tadbir harbiy xizmatchilar qalbida milliy qadriyatlarga hurmat, yurtga sadoqat va yuksak ma'naviyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.