Barcha yangiliklar
Aholi manfaati — doimiy e'tiborda!
Gallery image 196941
Gallery image 196942
Gallery image 196943
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
17 Iyul 2026
00:00

Aholi manfaati — doimiy e'tiborda!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Yoʻlchiyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Utegenovlar tomonidan Mustaqillik mahallasidagi savdo doʻkonlarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining yetarliligi hamda narx-navosi oʻrganildi.

Oʻrganish jarayonida isteʼmol uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarining mavjudligi, ularning narxlari va aholi uchun yaratilgan savdo sharoitlari koʻzdan kechirildi.

🤝 Bunday monitoring tadbirlari isteʼmol bozoridagi barqarorlikni taʼminlash, narx-navoning asossiz oshishining oldini olish hamda aholining manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.