Barcha yangiliklar
Doimiy komissiya yig‘ilishida obodonlashtirish xizmatlari tariflari ko‘rib chiqildi
Gallery image 196870
Gallery image 196871
Gallery image 196872
Gallery image 196873
Gallery image 196874
Gallery image 196875
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
23 Iyul 2026
14:52

Doimiy komissiya yig‘ilishida obodonlashtirish xizmatlari tariflari ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi komissiya raisi Q. Safarov boshchiligida bo‘lib o‘tdi.
📌Yig‘ilish davomida Jondor tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan markaziy ko‘chalar bo‘yida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida chiqindilarni olib chiqish hamda hududlarni obodonlashtirish xizmatlari uchun tariflarni tasdiqlash masalasi muhokama qilindi.
📌Muhokamalar jarayonida xizmatlar sifati, sanitariya holatini yaxshilash, tadbirkorlik subyektlari bilan shartnomaviy munosabatlarni tartibga solish hamda obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
📌Kun tartibidagi masala yuzasidan doimiy komissiya tomonidan tegishli qaror qabul qilinib, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va markaziy hududlarning ozodaligini ta’minlash xizmatlari uchun tariflar tasdiqlandi.
📌Mazkur qaror tumanda sanitariya va ekologik holatni yanada yaxshilash, tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun qulay va ozoda muhit yaratish hamda obodonlashtirish xizmatlarini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.