Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 196726
Gallery image 196727
Gallery image 196728
Gallery image 196729
Gallery image 196730
Gallery image 196731
Gallery image 196732
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
24 Iyul 2026
12:18

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Olimjon Jumanazarov ishtirokida "Deputat bilan bir kun" loyihasi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.

Loyiha doirasida deputat Muqimiy mahallasida joylashgan 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida 640 o‘quvchiga mo‘ljallangan mazkur ta’lim muassasasida olib borilayotgan qurilish ishlari jadal sur’atlarda davom etayotgani, obyektni joriy yilning 20-avgust sanasiga qadar yakunlash hamda yangi 2026–2027-o‘quv yili boshlanishiga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

Deputat tomonidan qurilish ishlari sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mas’ullarga ishlarni belgilangan muddatda va sifatli yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.