Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 196708
Gallery image 196709
Gallery image 196710
Gallery image 196711
Gallery image 196712
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
24 Iyul 2026
11:51

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 19¹-modda 

🏛 "Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish" loyihasi ijrosi o‘rganildi

👤 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati, 2-Zarabog‘ saylov okrugi deputati X. Xojidinov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan Qizilolma mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-son "Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida loyiha doirasida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari, ularning belgilangan loyiha hujjatlariga hamda tasdiqlangan muddatlarga muvofiq bajarilishi ko‘zdan kechirildi.

📋 Shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillari bilan amalga oshirilayotgan ishlarning borishi yuzasidan fikr almashilib, aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✅ Bunday o‘rganishlar davlat dasturlari va Prezident qarorlari ijrosini samarali tashkil etish, qurilish ishlari sifatini ta’minlash hamda aholi uchun yaratilayotgan infratuzilma obyektlarini belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirishga xizmat qiladi.