Barcha yangiliklar
19¹-modda. Deputat tashabbusi
Gallery image 196613
Gallery image 196614
Gallery image 196615
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
24 Iyul 2026
10:52

19¹-modda. Deputat tashabbusi

Mazkur murojaatlarni o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 10-"Yangiqurilish" saylov okrugidan saylangan deputat Mustafaqulov Murodilla Bohodirovich joyiga chiqib, mavjud holatni o‘rgandi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, deputat tomonidan mazkur masala Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida deputatlik tashabbusi sifatida ko‘tarildi. Tashabbus sessiya kun tartibiga kiritilib, tegishli qaror qabul qilindi hamda zarur mablag‘ ajratildi.

Ajratilgan mablag‘lar hisobidan aholini sifatli toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida ichimlik suvi tarmog‘i uchun zarur quvurlar xarid qilinib, hududga yetkazib berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram