Barcha yangiliklar
"Luqmon" mahallasida "mahalla yettiligi" bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Gallery image 196580
Gallery image 196581
Gallery image 196582
Gallery image 196583
Gallery image 196584
Gallery image 196585
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
23 Iyul 2026
10:00

"Luqmon" mahallasida "mahalla yettiligi" bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 1-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida "Luqmon" mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-son qarori ijrosi doirasida deputatlarning "mahalla yettiligi" bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
➡️Uchrashuv davomida mahalladagi dolzarb muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, fuqarolar murojaatlarini samarali hal etish, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.
➡️Yakunda "mahalla yettiligi" faoliyatini yanada takomillashtirish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.