Barcha yangiliklar
#deputat hududda
Gallery image 196577
Gallery image 196578
JO‘RABOYEVA NAFOSAT OLIM QIZI
23 Iyul 2026
09:58

#deputat hududda

#deputat hududda

Deputat saylov okrugida fuqarolar bilan uchrashdi

📍Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashiga 16- okrugidan saylangan deputat S.Narxadjaev nomidan shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboev navbatdagi o‘rganish ishlari olib bordi.

🔷Mazkur deputatlik okrugi hududida 7 ta ko‘cha mavjud bo‘lib, bu galgi o‘rganish Birlik ko‘chasida tashkil etildi. Tashrif davomida ko‘cha boshi Zamira Yo'ldasheva bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar muhokama qilindi.

🔷Uchrashuvda ko‘cha boshi tomonidan, avvalo, aholi uchun noqulaylik tug‘dirayotgan transformatorni xavfsiz va qulay hududga ko‘chirish, ichki ko‘chalarni yoritish chirog'ini olmashtirish va elektr sim yog'ochlarini beton simyog'ochga olashtirish i yuzasidan murojaatlar bildirildi.

📖Bildirilgan taklif va muammolar deputat tomonidan deputat daftariga qayd etilib, ularni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.