Barcha yangiliklar
Temiryo‘l atrofidagi obodonlashtirish ishlari deputat ishtirokida o‘rganildi
Gallery image 196444
Gallery image 196445
Gallery image 196446
Gallery image 196447
Gallery image 196448
Gallery image 196449
Gallery image 196450
Gallery image 196451
Gallery image 196452
Gallery image 196453
Gallery image 196454
Gallery image 196455
Gallery image 196456
MUXITDINOV MUXAMMADFUZAYLIDDIN BAXROM UGLI
24 Iyul 2026
09:09

Temiryo‘l atrofidagi obodonlashtirish ishlari deputat ishtirokida o‘rganildi

O‘rganish davomida Farhod shaharchasidan temiryo‘lning 3710-kilometridagi 4-piketdan Samarqand temiryo‘l vokzaligacha bo‘lgan qariyb 13 kilometr hudud piyoda ko‘zdan kechirildi.

Jarayonda hududlarning sanitariya holati, temiryo‘l yoqalari va yo‘l bo‘yi maydonlarini tartibga keltirish, yashil hududlarni kengaytirish, daraxt va gul ko‘chatlari ekish, sug‘orish tizimini takomillashtirish hamda infratuzilma obyektlarini obodonlashtirish ishlari atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda temiryo‘l atrofi hududlarining zamonaviy va ozoda qiyofasini ta'minlash yuzasidan mutasaddilar bilan fikr almashildi va tegishli vazifalar belgilandi.

Hududlarni obod qilish, ekologik muhitni yaxshilash va fuqarolar uchun qulay yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan ishlar deputatlik nazoratida davom ettiriladi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi