Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov hamda  tumani Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi tomonidan Farovon  ko‘chasida olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib, o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Gallery image 196269
Gallery image 196270
JAZILOV NURISLOM KABILJONOVICH
23 Iyul 2026
19:57

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov hamda tumani Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi tomonidan Farovon ko‘chasida olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib, o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

#biriktirilgan_tashkilot

O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining belgilangan loyiha hujjatlariga muvofiqligi, bajarilayotgan ishlarning sifati, qurilish me’yorlari va texnik talablarga rioya etilishi, shuningdek, obyektda xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi yuzasidan monitoring olib borildi.

Mas’ul mutaxassislar tomonidan qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda hudud aholisiga qulay va xavfsiz infratuzilmani yaratish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|