Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashiga 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputat A. Maxammatov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Javshar ota mahallasida o‘rganish olib borildi.
Gallery image 196251
Gallery image 196252
JAZILOV NURISLOM KABILJONOVICH
23 Iyul 2026
19:53

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashiga 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputat A. Maxammatov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Javshar ota mahallasida o‘rganish olib borildi.

#okrugda_organish

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-133-sonli “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida “Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Payariq tuman bo‘limi boshlig‘i B. Ulug‘murodovning sessiyada taqdim etilishi rejalashtirilgan hisoboti yuzasidan hududdagi elektr ta’minoti, mavjud muammolar hamda amalga oshirilgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish natijalari bo‘yicha aniqlangan holatlar deputat tomonidan tahlil qilinib, navbatdagi sessiyada muhokama etish uchun tegishli taklif va mulohazalar shakllantirildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|