Barcha yangiliklar
O‘rganish
Gallery image 196215
Gallery image 196216
Gallery image 196217
Gallery image 196218
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
23 Iyul 2026
19:40

O‘rganish

♻️Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O. Akramovga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi G.Shodiyeva deputatlik okrugidagi "Qahramon" mahallasida bo‘lib, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan jinoyatchilikning oldini olish hamda huquqbuzarliklarni kamaytirish masalasi yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.

♻️O‘rganish davomida Zangiota tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hisoboti doirasida mahalla profilaktika inspektorining faoliyati, hududdagi kriminogen vaziyat, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda aholi bilan hamkorlik holati atroflicha tahlil qilindi.

♻️Mazkur o‘rganish natijalari deputatlik nazorati doirasida tahlil qilinib, navbatdagi sessiyada Zangiota tumani IIB hisobotini muhokama qilish jarayonida inobatga olinadi.