Barcha yangiliklar
Davlat dasturi ijrosi o‘rganildi.
Gallery image 196193
Gallery image 196194
Gallery image 196195
Gallery image 196196
Gallery image 196197
Gallery image 196198
Gallery image 196199
Gallery image 196200
Gallery image 196201
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
23 Iyul 2026
18:34

Davlat dasturi ijrosi o‘rganildi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi qoshida tuzilgan maxsus Ishchi guruh a’zolari shahar Kengashi kotibiyati mudiri X.Ibragimova, shahar Kengashi deputatlari K.Shukurov, U.Abdunazarov, “Bog‘ishamol” MFY raisi A.Abduqodirov, shahar Ekologiya, tabiatni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi, shahar Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi vakillari ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishda Xalq deputatlari shahar kengashining 2026-yil 23-fevraldagi “Bekobod shahridagi og‘ir toifadagi kompleks rivojlantirish bo‘yicha
manzilli Dastur” to‘g‘risidagi VII-24-8-10-149-K/149-son qarori o‘rganildi. Dasturga ja’mi 18 ta yo‘nalishdagi 6482,0 mln.so‘mlik ishlar va xizmatlar ko‘rsatilishi belgilangan. Bugungi kungacha
4 ta yo‘nalishdagi 2220,0 mln.so‘mlik ishlar bajarilgan. Hozirda 4 ta yo‘nalishda 1250,0 mln.so‘mlik ishlar amalga oshirilmoqda. 10 ta yo‘nalishda 3012,0 mln.so‘mlik ishlar boshlanmagan. Amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha fuqarolar bilan suhbatlashildi, bajarilayotgan ishlardan mamnun ekanliklarini bildirdilar. Bajarilayotgan va hali boshlanmagan ishlar bo‘yicha deputatlik nazorati olib borilmoqda.