Barcha yangiliklar
Payshanba-Yoshlar kuni
Gallery image 196179
Gallery image 196180
Gallery image 196181
Gallery image 196182
PARDAYEV HUMOYUN SHERMAT O‘G‘LI
23 Iyul 2026
18:08

Payshanba-Yoshlar kuni

Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Nurali Jo‘rayev va Kengash deputati M.Saidova hamda tegishli mas’ullar Shayxon mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kasb-hunar egallash, ta’lim olish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Bunday ochiq muloqotlar yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda davlatorganlari bilan bevosita muloqotni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.