Barcha yangiliklar
FUQAROLAR MUROJAATLARI DEPUTAT E’TIBORIDA
Gallery image 195867
Gallery image 195868
Gallery image 195869
Gallery image 195870
Gallery image 195871
Gallery image 195872
Gallery image 195873
ABILOV UMIDBEK UTKIROVICH
23 Iyul 2026
12:57

FUQAROLAR MUROJAATLARI DEPUTAT E’TIBORIDA

#Deputat_qabuli #Kotibiyat_hududlarda #deputat_daftari

FUQAROLAR MUROJAATLARI DEPUTAT E’TIBORIDA

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan "6-Xondamir" okrugi deputati Kamolitdin Azizov o‘z saylov okrugiga kiruvchi Sharq yulduzi mahallasida navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

💬 Qabul davomida mahalla hududida istiqomat qiluvchi tadbirkorlar hamda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolar va takliflar atroflicha o‘rganildi.

🗣 Jumladan, tadbirkorlardan biri tomonidan ko‘tarilgan masala hokim yordamchisi tomonidan o‘rganilib, o‘rganish natijalari yuzasidan saylov okrugi deputati Kamolitdin Azizov tomonidan huquqiy tushuntirish va tegishli maslahatlar berildi. Shuningdek, masalani hal etish uchun Davlat xizmatlari markazi orqali amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tartib va vazifalar fuqaroga batafsil tushuntirildi.

📈 Fuqarolar qabulida ishga joylashish, ijtimoiy himoya va boshqa qator masalalar yuzasidan ham murojaatlar bildirildi. Ko‘tarilgan har bir masala mahalladagi “yettilik” vakillari bilan birgalikda o‘rganilib, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda tegishli masalalar ijroga yo‘naltirildi.

📇 Deputat Kamolitdin Azizov fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va amaliy yechim topishga alohida e’tibor qaratmoqda. Bunday sayyor va ochiq fuqarolar qabullari aholi murojaatlarini o‘rganish hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda. Mazkur qabulda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z.Kuziyeva ham ishtirok etdi.

📆 Navbatdagi fuqarolar qabuli 24-iyul kuni soat 11:00 da Ibrat mahallasida o‘tkaziladi.