Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI
Gallery image 195758
Gallery image 195759
Gallery image 195760
Gallery image 195761
XAYDAROV TULQINJON DILSHOD O‘G‘LI
23 Iyul 2026
11:28

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 20-“Yo‘lchilar” saylov okrugi deputati G.Allanova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Kamolova tomonidan Yo‘lchilar OFY hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Tadbir davomida mahalla faollari va aholi vakillari bilan uchrashilib, hududlarni ozoda saqlash, daraxt va gul ko‘chatlarini ekish hamda mavjud yashil hududlarni asrab-avaylashning ahamiyati haqida atroflicha fikr almashildi.

Shuningdek, fuqarolarni obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etishga, yashash hududlarining sanitariya holatini yaxshilashga va ekologik madaniyatni yuksaltirishga chaqirildi. Ta'kidlanganidek, ozoda va ko‘rkam mahalla – ahillik, birdamlik hamda har bir fuqaroning mas'uliyatli munosabati natijasidir.