Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 195731
Gallery image 195732
Gallery image 195733
Gallery image 195734
Gallery image 195735
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
23 Iyul 2026
11:12

Kotib

O‘zbekiston mahallalarida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirishning asosiy omili hisoblanadi.

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi “Sayram” okrugi deputati, “Adolat” SDP a’zosi Shoanvar Shomaxmudov hududdagi tadbirkorlar faoliyati bilan bevosita tanishib chiqdi.

O‘rganishlar jarayonida tadbirkorlik faoliyatini chuqurroq o‘rganishda biznes g‘oyasini tanlash, qonuniy ro‘yxatdan o‘tish, soliq tizimini tushunish hamda davlat dasturlari va imtiyozlardan foydalanish bosqichlari yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.

Tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan suhbatlar natijalari mahalla hokimi yordamchisi bilan muhokama qilinib, ularni qo‘llab-quvvatlash va to‘siqlarni bartaraf etish borasida belgilangan qonun doirasida ko‘mak berish vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha doimiy ko‘mak berilishi lozimligi ta’kidlandi.