Barcha yangiliklar
Oqbuloq mahallasida obodonlashtirish masalalari muhokama qilindi
Gallery image 195712
Gallery image 195713
Gallery image 195714
Gallery image 195715
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
23 Iyul 2026
11:09

Oqbuloq mahallasida obodonlashtirish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 17-Oqbuloq saylov okrugi deputati M. Xasamiddinov Oqbuloq mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahalla hududlarini obodonlashtirish, xonadonlar va ko‘cha bo‘ylarini ozoda saqlash, sanitariya-tozalik qoidalariga rioya etish hamda yashil hududlarni asrab-avaylash masalalari muhokama qilindi.

Deputat tomonidan fuqarolarga o‘z xonadonlari va unga tutash hududlarni namunali saqlash, obodonlashtirish tadbirlarida faol ishtirok etish hamda mahalla ozodaligini ta'minlash yuzasidan tavsiya va tushuntirishlar berildi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan fikr almashildi.