Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi Doimiy komissiyasining  navbatdagi yig‘ilishi
Gallery image 195702
Gallery image 195703
Gallery image 195704
Gallery image 195705
Gallery image 195706
SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
23 Iyul 2026
11:00

Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi

           Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi"ning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilish kun tartibidan Jalaquduq tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi boshlig‘ining hisoboti o‘rin oldi. Unda markaz tomonidan 2026-yilning o‘tgan 6 oyi davomida katta yoshdagilar hamda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan atroflicha hisobot berildi. Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan aholining ehtiyojmand qatlamini manzilli qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish va mahallalarda bu borada olib borilayotgan ishlar manzilliligini ta'minlash bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar bildirildi. Yig‘ilish yakunida ko‘rilgan masala yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.