Barcha yangiliklar
Andijon shahar hokimi, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati E.Karimov otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashdi
Gallery image 195627
Gallery image 195628
Gallery image 195629
Gallery image 195630
Gallery image 195631
Gallery image 195632
Gallery image 195633
Gallery image 195634
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
23 Iyul 2026
09:51

Andijon shahar hokimi, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati E.Karimov otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashdi

Andijon shahar hokimi, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati E.Karimov “Pistamozor” MFYda o‘ziga biriktirilgan otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida har bir yoshning murojaati alohida tinglanib, ilgari bildirilgan murojaatlarning aksariyati ijobiy hal etilgani qayd etildi. Yoshlar ish bilan ta’minlangani, ta’lim olishi uchun moddiy ko‘mak hamda hunarmandchilik faoliyatini boshlashi uchun zarur vositalar ajratilgani uchun minnatdorlik bildirdi. Qolgan murojaatlar ham qisqa muddatlarda hal etilishi uchun nazoratga olindi.

Shuningdek, E.Karimov “Pistamozor” MFY mahalla yettiligi bilan uchrashib, hududdagi dolzarb masalalar va aholi murojaatlarini muhokama qildi.