Barcha yangiliklar
🔰Doimiy komissiya yig‘ishi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 195608
Gallery image 195609
Gallery image 195610
Gallery image 195611
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
23 Iyul 2026
09:43

🔰Doimiy komissiya yig‘ishi bo‘lib o‘tdi.

🔰Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash va huquqiy masalalar bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan shahar Kengashining navbatdagi sessiya yig‘ilishi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.

🔻Kun tartibidagi masala:

🔸1. Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 2026-yilning 2-choragi davomida Jizzax shahrini korrupsiyadan xoli hududga aylantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, shaharda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida, shuningdek jamoat xavfsizligi to‘g‘risidagi hisobotini eshitish.

🔸2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax shahridagi Xalq qabulxonasining hududiy tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborotini eshitish.

🔹Yig‘ilish davomida, doimiy komissiya aʼzolari yuqoridagi masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar. Yig‘ilish so‘ngida deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olib, doimiy komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.

📲Bizga obuna bo‘ling: https://t.me/JizzaxshaharKengashi