Barcha yangiliklar
Temiryo‘l atrofi hududlaridagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Gallery image 195557
Gallery image 195558
MUXITDINOV MUXAMMADFUZAYLIDDIN BAXROM UGLI
23 Iyul 2026
08:58

Temiryo‘l atrofi hududlaridagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

O‘rganish davomida temiryo‘l yoqalari hamda unga tutash hududlarning sanitariya holati, obodonlashtirish ishlari, yashil maydonlarni kengaytirish, daraxt va gul ko‘chatlarini ekish, sug‘orish tizimining holati hamda hududning umumiy qiyofasini yaxshilashga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, hududlarda tozalikni ta’minlash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda obodonlashtirish tadbirlarini tizimli davom ettirish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Hududlarning obod va ozoda bo‘lishini ta’minlash, fuqarolar uchun qulay yashash muhitini yaratish hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi