Barcha yangiliklar
Deputat A. Ergashev sayyor uchrashuvda mahalla muammolarini o‘rgandi
Gallery image 195428
Gallery image 195429
Gallery image 195430
JUMAYEV ADXAMJON AKRAMOVICH
22 Iyul 2026
20:00

Deputat A. Ergashev sayyor uchrashuvda mahalla muammolarini o‘rgandi

 Deputat A. Ergashev sayyor uchrashuvda mahalla muammolarini o‘rgandi 

Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati A.Ergashev tomonidan 1-umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan uchrashuv davomida mahalla faollari va koʻchaboshilar tomonidan hududdagi mavjud muammolar oʻrganildi. Jumladan, Besh ogʻayni koʻchaboshisi O. Teshaboev tomonidan mahalla hududidan ichimlik suvi tarmogʻi tortilishi jarayonida asfalt qoplamasi qazilgani, hozirgi kunda mazkur qismni qayta asfaltlash zarurligi yuzasidan murojaat bildirildi. Mazkur masala deputat daftariga qayd etilib, uni ijobiy hal etish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik soʻrovi kiritish yuzasidan zarur choralar koʻrilishi belgilandi.