Barcha yangiliklar
XOTIRA VA QADRLASH MUQADDAS TUYG‘U!
Gallery image 1580
Gallery image 1581
Gallery image 1582
Gallery image 1583
Gallery image 1584
Gallery image 1585
QO‘CHQOROVA NORDONA TUYMUROD QIZI
10 May 2023
07:24

XOTIRA VA QADRLASH MUQADDAS TUYG‘U!

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan Shofirkon tumani kengashi deputatligiga saylangan Dildora Axmedova 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Shibirg'on qishlog'ida yashovchi 100 yoshni qarshilagan Sharofat bibi Shukurova holidan xabar olib, bayram bilan tabrikladi. Sharofat bibining kuch-quvvatga to‘lgan ayni yoshlik yillari oson kechmadi. Biroq qiyinchiliklarga sabr qildi.  Aya bugungi kunlarni ko‘rish nasib etganidan mamnun. Mas'ullar bilan muloqotda onaxon boshdan kechirganlarini yodga oldi. Yo‘qlov uchun ularga minnatdorlik bildirib, duoga qo‘l ochdi. 

 Navbatdagi manzil mazkur mahallada yashovchi Zulayxo aya Qayimovaning xonadoni bo‘ldi. 83 yoshli onaxon uzoq yillar kolxoz dalasida ishladi, paxta terdi, ipak qurti boqdi. 5 farzandini uyli-joyli qildi. Mutasaddilar Zulayxo ayaga sog‘lik, uzoq umr tilashib, unga ham esdalik sovg‘asini taqdim etdilar.