Barcha yangiliklar
SHAROF RASHIDOV MAHALLASIDAGI HOLAT O‘RGANILDI
Gallery image 195350
Gallery image 195351
Gallery image 195352
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
22 Iyul 2026
19:15

SHAROF RASHIDOV MAHALLASIDAGI HOLAT O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati mudiri F.U. Xolmuratova tomonidan Sharof Rashidov mahallasida bo‘lib, hududdagi mavjud holat va fuqarolarni qiynayotgan masalalar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla faollari hamda aholi vakillari bilan muloqot qilinib, hududni obodonlashtirish, infratuzilma, ijtimoiy masalalar hamda fuqarolar tomonidan bildirilayotgan taklif va muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish, ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar belgilash yuzasidan ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi tomonidan hududlarda o‘rganishlar o‘tkazish, aholi bilan ochiq muloqot olib borish va fuqarolar murojaatlariga yechim topish ishlari izchil davom ettirilmoqda.