Barcha yangiliklar
#_deputat_faoliyati  Mahallalarda obodonlashtirish ishlari yuzasidan aniq vazifalar belgilandi
Gallery image 195312
Gallery image 195313
Gallery image 195314
Gallery image 195315
Gallery image 195316
XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
22 Iyul 2026
18:26

#_deputat_faoliyati Mahallalarda obodonlashtirish ishlari yuzasidan aniq vazifalar belgilandi

#_deputat_faoliyati
Mahallalarda obodonlashtirish ishlari yuzasidan aniq vazifalar belgilandi


Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Odiljon Yaqubov, shuningdek, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari va sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari tomonidan “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi va og‘ir toifadagi mahallarda obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari yuzasidan joylarda uchrashuvlar o‘tkazildi.

Jumladan, tuman Kengash deputati, tuman hokimi Odiljon Yaqubov boshchiligida “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi Tortuli mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarining tashqi ko‘rinishini zamonaviy talablar asosida shakllantirish, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish hamda ko‘cha va jamoat joylarini obod holga keltirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Shuningdek obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, infratuzilmani rivojlantirish, qurilish-ta’mirlash ishlari ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, xonadonlarning tashqi fasad qismini tartibga keltirish hamda barcha ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.