Barcha yangiliklar
Hashar — ezgulik va hamjihatlik timsoli
Gallery image 195273
Gallery image 195274
Gallery image 195275
Gallery image 195276
XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
22 Iyul 2026
18:14

Hashar — ezgulik va hamjihatlik timsoli

Hashar — ezgulik va hamjihatlik timsoli

Sariosiyo tumanida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida obodonlashtirish va hashar tadbirlari barcha mahallalar, davlat tashkilotlari hamda muassasalarda uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

Hashar tadbirlarida Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari, mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etmoqda. Mahallalar, ko‘chalar, aholi yashash maskanlari, qabristonlar, mahalla binolari, korxona va tashkilotlar hududlarida sanitariya-tozalik ishlari olib borilib, atrof-muhit obod holatga keltirilmoqda.

Shuningdek, yashil hududlarni parvarishlash, daraxt va gulzorlarni tartibga keltirish, uy-joylar atrofi, qabristonlar hamda jamoat maskanlarini obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.