Barcha yangiliklar
Fuqaro murojaati yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
Gallery image 195261
Gallery image 195262
Gallery image 195263
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
22 Iyul 2026
18:10

Fuqaro murojaati yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan fuqaroning murojaati yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida "Uzumzor" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi fuqaro M.Kenjaboyev tomonidan mahalla hududida mavjud chiqindixona bilan bog‘liq muammo yuzasidan murojaat bildirildi. Fuqaro mazkur holat aholi uchun noqulaylik tug‘dirayotgani, sanitariya va ekologik holatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ma’lum qildi.

Murojaat joyida o‘rganilib, amaldagi qonunchilik talablari hamda chiqindilarni boshqarish sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar yuzasidan fuqaroga batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, murojaatda ko‘tarilgan masalani belgilangan tartibda hal etish maqsadida vakolatli mas’ul idoralarga deputatlik so‘rovi yuborilishi hamda murojaat ijrosi nazoratga olinishi belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi