Barcha yangiliklar
#deputat_faoliyati
Gallery image 195240
Gallery image 195241
Gallery image 195242
Gallery image 195243
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
22 Iyul 2026
17:49

#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 5-Oydin saylov okrugidan saylangan deputat O. Muzaffarova hamda "Madat" NNT hamkorligida “Oydin” mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
✔️Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalar, jumladan, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yuzasidan ochiq muloqot olib borildi. Saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
✔️Shuningdek, uchrashuvda fuqarolarning huquqiy xabardorligini oshirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda mahalla rivojiga daxldor masalalarda aholi faolligini oshirishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
✔️Bunday uchrashuvlar deputatning saylovchilar bilan doimiy muloqotini ta’minlash, hududdagi muammolarni joyida o‘rganish va ularni samarali hal etishga xizmat qilmoqda.