Barcha yangiliklar
#deputat_faoliyati
Gallery image 195213
Gallery image 195214
Gallery image 195215
Gallery image 195216
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
22 Iyul 2026
17:41

#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 1-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida Tinchlik mahallasining Yoshlik ko‘chasi oqsoqoli bilan uchrashuv o‘tkazildi.
⚡️Uchrashuv davomida mahalla aholisini uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan dolzarb muammolar muhokama qilinib, fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi. Ayniqsa, hudud infratuzilmasini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifati hamda obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
⚡️Aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olinishi ta’kidlandi.