Barcha yangiliklar
Onlayn uchrashuvda dolzarb masalalar muhokama qilindi
Gallery image 195119
Gallery image 195120
Gallery image 195121
MAXAMMADIYEVA GULMIRA ABDULLAYEVNA
22 Iyul 2026
16:37

Onlayn uchrashuvda dolzarb masalalar muhokama qilindi

Joriy yilning 22-iyul kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi tomonidan mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil qilish masalalari yuzasidan ZOOM platformasi orqali onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur onlayn uchrashuvda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi raisi Z. Suyarova, Kengashning doimiy komissiyalari raislari hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Oblanov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirish, “mahalla yettiligi” faoliyatining samaradorligini oshirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, hududlarni kompleks rivojlantirish hamda davlat organlari va mahalla o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, kelgusida belgilangan vazifalarni tizimli amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.