Barcha yangiliklar
📌Davlat kadastrlar palatasi Baxmal tuman bo'limi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
Gallery image 195083
Gallery image 195084
Gallery image 195085
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
22 Iyul 2026
16:25

📌Davlat kadastrlar palatasi Baxmal tuman bo'limi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

📌Davlat kadastrlar palatasi Baxmal tuman bo'limi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati B.Mirzabekov tomonidan o‘ziga biriktirilgan soha va qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish maqsadida Davlat kadastrlar palatasi Baxmal tuman bo‘limi bilan amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
🤝 Hamkorlik doirasida hududda Davlat kadastrlar palatasi Baxmal tuman bo'limida fuqarolarning kadastr masalalari hamda sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan o‘zaro axborot almashish va hamkorlikdagi o‘rganishlar olib borilishi belgilandi.
📋 Uchrashuv davomida fuqarolarning yer uchastkalarini rasmiylashtirish, kadastr hujjatlarini tayyorlash, mulkiy huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish hamda yer bilan bog‘liq boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi va muhokama qilindi.