Barcha yangiliklar
⚡️ELEKTR TA’MINOTI MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI👇👇👇
Gallery image 195052
Gallery image 195053
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
22 Iyul 2026
15:56

⚡️ELEKTR TA’MINOTI MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI👇👇👇

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Ibragimov Yuldashbek Abdilamidovich tomonidan hudud aholisi bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazilib, fuqarolarni qiynab kelayotgan elektr ta’minotidagi uzilishlar masalasi muhokama qilindi.

✅Murojaatlar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan o‘rganishlar natijasida elektr ta’minotini barqarorlashtirish bo‘yicha zarur texnik va tashkiliy choralar ko‘rilayotgani ma’lum qilindi. Aholiga mavjud muammo qisqa muddatlarda bosqichma-bosqich bartaraf etilishi hamda elektr ta’minoti izchil tiklanishi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

📝Mazkur masala deputat tomonidan deputatlik nazoratiga olinib, uning ijobiy yechim topishi va belgilangan ishlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borilmoqda.

👥Fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish, mavjud muammolarni amaliy hal etish hamda aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan ishlar Yunusobod tumanida izchil davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!