Barcha yangiliklar
ANGORDA ZAMONAVIY “YOSHLAR SAYILGOHI” BARPO ETILMOQDA.
Gallery image 194981
Gallery image 194982
Gallery image 194983
Gallery image 194984
Gallery image 194985
Gallery image 194986
Gallery image 194987
Gallery image 194988
XURRAMOV LAZIZ FAXRIDDIN O‘G‘LI
22 Iyul 2026
15:10

ANGORDA ZAMONAVIY “YOSHLAR SAYILGOHI” BARPO ETILMOQDA.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati 11-Navro'z saylov okrugi deputati To'rayev Norquvvot tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, shuningdek, aholi uchun yaratilayotgan zamonaviy infratuzilma obyektlari ustidan deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Navro‘z mahallasi hududidan o‘tuvchi 1,5 kilometr uzunlikdagi “MS” (markaziy tashlama) kollektori hududida 24/7 rejimida faoliyat yuritadigan zamonaviy “Yoshlar sayilgohi”ni barpo etish ishlari o‘rganildi.

Loyiha doirasida hudud 13 ta lotga ajratilib, 22 ta 580 xonadonli ko‘p qavatli uy-joy hamda 140 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarini barpo etish rejalashtirilgan.

Mazkur yirik loyiha to‘liq amalga oshirilishi natijasida 680 tadan ortiq yangi doimiy ish o‘rni yaratilishi, shuningdek, 5 ming nafargacha aholi uchun zamonaviy, obod va ko‘rkam sayilgohda mazmunli hordiq chiqarish imkoniyatlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Deputatlik nazorati davomida loyihaning amalga oshirilish jarayoni, hududni obodonlashtirish ishlari hamda belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Bunday bunyodkorlik loyihalari Angor tumanining zamonaviy qiyofasini yanada yaxshilash, yoshlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish va aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.