Barcha yangiliklar
Deputat va mahalla yettiligi hamkorlikda
Gallery image 22787
Gallery image 22788
Gallery image 22789
Gallery image 22790
ISAYEV MIRZOHID MAMATSOILOVICH
09 Yan 2025
09:17

Deputat va mahalla yettiligi hamkorlikda

Xalq deputatlari Qiziriq tuman kengashi 5-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat B.Bo‘tayeva tomonidan Yangiobod mahallasida mahalla aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda mahallada mavjud dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari to‘g‘risida suhbatlar olib borildi. Uchrashuvdan so‘ng mahalla yettiligi bilan birgalikda mavjud muammolar joyida o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida asosiy e’tibr ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardagi shart-sharoitlarni yaxshilashga qaratildi. Olib borilgan o‘rganishdan kelib chiqib deputat va mahalla yettiligining hamkorlikdagi chora-tadbirlari belgilab olindi.