Barcha yangiliklar
Suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning sessiya oldi yig‘ilishi o‘tkazildi
Gallery image 194908
Gallery image 194909
Gallery image 194910
Gallery image 194911
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
22 Iyul 2026
14:09

Suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning sessiya oldi yig‘ilishi o‘tkazildi

 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining Suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi sessiya oldi yig‘ilishini o‘tkazdi.

Yig‘ilishda Andijon shahar Ekologiya bo‘limining 2026-yil I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, “Mening bog‘im” va “Soya-salqin ko‘chalar” loyihalarining ijrosi yuzasidan hisoboti ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar davomida ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil hududlarni kengaytirish hamda loyihalar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Masala navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish uchun ma'qullandi.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi matbuot xizmati.