Barcha yangiliklar









OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
22 Iyul 2026
14:09
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning sessiya oldi yig‘ilishi o‘tkazildi
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishida sessiya kun tartibiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Andijon shahridagi Xalq qabulxonasining “Aholi murojaatlari va muammolar bilan ishlash ahvoli to‘g‘risida”gi axboroti ko‘rib chiqildi.
Muhokamada aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, muammolarni tizimli hal etish, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlariga rioya etish hamda sayyor qabullarni samarali tashkil etish yuzasidan deputatlik nazoratini kuchaytirish belgilandi.
Shuningdek, ayrim masalalar bo‘yicha deputatlik so‘rovlari yuborilib, ularning natijalari navbatdagi sessiyada muhokama qilinishi belgilandi.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi matbuot xizmati.