Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 194864
Gallery image 194865
Gallery image 194866
Gallery image 194867
Gallery image 194868
Gallery image 194869
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
22 Iyul 2026
13:22

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

Sherobod tumanida obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlari davom etmoqda

Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi hamda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida hududlarni obodonlashtirish hamda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishish maqsadida xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Abduraim Choriyev Sherobod tumanida bo'ldi.

Tashrif davomida xalqaro ahamiyatga ega M-39 avtomobil yo‘li yoqasida barpo etilayotgan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektining borishi ko‘zdan kechirildi. Mazkur drayver loyiha uchun Respublika budjetidan 3 milliard 42 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Shuningdek, "Uchyo‘g‘och", "Poshxurt" va "Vandob" mahallalarida obodonlashtirish ishlari, hududlarni yanada ko‘rkam va qulay maskanga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi. Mas’ullarga ishlar sifatini oshirish, belgilangan muddatlarda yakunlash hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.