Barcha yangiliklar
Hurmatli ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari!
Gallery image 194824
Gallery image 194825
Gallery image 194826
Gallery image 194827
Gallery image 194828
Gallery image 194829
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
22 Iyul 2026
12:55

Hurmatli ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari!

 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati X.Turdiyev o‘z saylov okrugida aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishning yangi amaliyotini boshladi.

O‘rganish navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasining suv resurslaridan oqilona foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati yuzasidan Gulobod mahallasining 22 ta ko‘chasidan biri — Oqsaroy ko‘chasida tashkil etildi.
Deputat ko‘chaboshi Toir Joniuzoqov hamda ko‘cha faollari bilan uchrashib, muammolarni tingladi.

 Muloqot davomida quyidagi masalalar ko‘tarildi:

🔹 elektr ta’minotini yaxshilash;
🔹 hovlilarni sug‘orish suv ta’minotini yo‘lga qo‘yish;
🔹 maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish.