Barcha yangiliklar



KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
22 Iyul 2026
12:13
📌 Mahalla faoli bilan uchrashuv o‘tkazildi
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati S.Allayarov Sayapir mahallasidagi "Humo" va "Baxt" ko‘chalari ko‘chaboshisi Sanobar Matdurdiyeva bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🤝 Uchrashuv davomida mahalladagi ijtimoiy-maishiy holat, fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalar, ko‘chalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish va mahalla bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli kelishuvlarga erishildi.